19:53 / 23.12.2023
226

Qashqadaryoda 17 yoshli qizning to‘yi va u bilan bog‘liq marosimlar to‘xtatildi

Qashqadaryoda 17 yoshli qizning to‘yi va u bilan bog‘liq marosimlar to‘xtatildi
Foto: Bolalar ombudsmani

Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida 17 yoshli qizning belgilangan to‘yi va u bilan bog‘liq barcha marosimlar to‘xtatildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, FHDYo tomonidan beriladigan nikoh guvohnomasi bo‘lmay turib, shar’iy nikoh o‘qigan diniy vakil ham javobgarlikka tortilgan. Unga qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, erkak va ayollar 18 yoshdan turmush qurishi mumkin.

Bolalar ombudsmani 22-23 dekabr kunlari erta nikohlar va maktab yoshidagi qizlarga nisbatan unashtiruv marosimlari o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanida o‘rganishlar o‘tkazgan.

Farzandlarini erta turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-onalar suhbatga chaqirilib, erta nikohning salbiy oqibatlari tushuntirilgan. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan ota-onalar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi eslatilgan.

Ta’kidlanishicha, bolalar ombudsmani unashtiruv marosimi o‘tkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan har bir qiz bilan uchrashib, suhbat o‘tkazgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat