Yangi yil bayrami arafasida poytaxtning bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
Yarmarkalar joylashgan bozorlar ro‘yxati:
- Bektemir tumani — «Qo‘yliq dehqon bozori» AJ;
- «Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori» AJ;
- Mirobod tumani — «Mirobod dehqon bozori» AJ;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — «Navro‘z dehqon bozori» AJ;
- Sergeli tumani — «Sergeli dehqon bozori» AJ;
- Olmazor tumani — «Qora Qamish dehqon bozori» AJ;
- Uchtepa tumani — «Farhod dehqon bozori» AJ;
- Shayxontohur tumani — «Eski Juva dehqon bozori» AJ;
- Yashnobod tumani — «Aviasozlar dehqon bozori» AJ;
- Yunusobod tumani — «Yunusobod dehqon bozori» AJ va «Oloy dehqon bozori» AJ;
- Yakkasaroy tumani — «Askiya dehqon bozori» AJ;
- Chilonzor tumani — »Chilonzor dehqon bozori» AJ.
«Dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Dehqon bozorlari Yangi yilning 1 yanvar kuni ham ishlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar