date
views 88

O‘zbekiston Vikipediyada davlat tilida chiqqan maqolalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Vikipediyada davlat tilida chiqqan maqolalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Vikipediyada davlat tilida chop etilgan maqolalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallab, Qozog‘istonni yetakchilikdan siqib chiqardi.

O‘zbek tilidagi maqolalar soni 247 mingdan oshdi. Mamlakat jahon reytingida 45-o‘rinni egallab turibdi. Vikipediyani O‘zbekistonning tabiati, turizmi, madaniyati, san’ati, sporti, iqtisodiyoti, sanoati va boshqa sohalariga oid maqolalar bilan to‘ldirish ishlari respublikaning barcha vazirlik va idoralari tomonidan 2017 yildan boshlab amalga oshirilmoqda.

Bu Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur”da ko‘zda tutilgan. Vikipediyaga ma’lumotlarni yuklash ishlariga  oliy o‘quv yurtlari faollari va talabalari orasidan ko‘ngillilar jalb qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Vikipediyada davlat tilida chiqqan maqolalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi