date
views 120

Samarqandda yana noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Samarqandda yana noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Samarqand viloyati Nurobod tumanida noqonuniy mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Nurobod tumanidagi “O.E.” MCHJ rahbari B.S. jamiyatga qarashli hududdagi binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyatini qonunga hilof ravishda amalga oshirib kelgani aniqlangan.

Buning oqibatida 2,5 milliard so‘mlik 703 ming kilovatt elektr energiyasi o‘g‘irlangan.

Mazkur holat yuzasidan “O.E.” MCHJ rahbari B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Samarqandda fuqaro o‘z uyida noqonuniy mayning ferma tashkil qilgani aniqlangandi. Viloyatning Past Darg‘om tumanidagi noturar bino yerto‘lasida mayning ferma noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulanishi oqibatida 2 milliard 237 million so‘m zarar yetkazilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yana noqonuniy mayning ferma aniqlandi