Qalbaki dorilarni Toshkentda «o‘tkazmoqchi» bo‘lganlar qo‘lga olindi

Qalbaki dorilarni Toshkentda «o‘tkazmoqchi» bo‘lganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda «Muntazam» YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

«Farg‘ona-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan  «Mersedes benz» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar S.K. va X.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 112,5 mln so‘mlik qalbaki dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar