date

Xonanda Nargiz Zokirovaning xonadonidagi janjalga polisiya aralashdi

Xonanda Nargiz Zokirovaning xonadonidagi janjalga polisiya aralashdi

Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Filipp Balzano AQShda qamoqqa olindi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Nargiz Zokirova turmush o‘rtog‘idan ajrashmoqchi ekanligini ma’lum qilgach, uning oilasida janjal avj olib, oqibatda turmush o‘rtog‘i Filipp Balzano qamoqqa olindi.

Yoz oylarining boshidayoq “Golos” shousi yulduzi Nargiz Zokirova italiyalik qo‘shiqchi Filipp Balzanodan ajrashayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Nargizning bu qarorga kelishi oson bo‘lmadi, chunki Filipp bilan 20 yildan beri birga yashaydi, ularning Leyla ismli qizi bor. Nargiz Nyu-York shahrida nikohdan o‘tganligi sababli ajrim hujjatlarini ham o‘sha erga topshirgan.

Nargiz Zokirovaning aytishicha, ularning ajralishlariga iqtisodiy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. Nargiz Zokirovaning oldingi oilasida ham farzandlari bor. O‘g‘li Auelning ma’lumot bershicha, o‘gay otasi Filipp Balzano onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, turli tahdidli, haqoratli SMS xabarlarni jo‘natgan. Shundan keyin yigit uni polisiyaga bergan. Nyu-Yorklik huquq-tartibot xodimlari uni darrov qo‘lga olgan. Xonandaning so‘zlariga qaraganda, Filipp shtatning “Order of protection”, ya’ni o‘gay bola bilan aloqada bo‘lish qonunini buzganligi uchun jazoga tortiladi. Filipp yaqin kunlarda ozod etiladi, sud sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Nargiz Zokirovaning xonadonidagi janjalga polisiya aralashdi