19:38 / 29.12.2023
98

Farg‘onada noqonuniy tartibda ishdan bo‘shatilgan fuqarolar o‘z vazifalariga tiklanishi ta’minlandi

Farg‘onada noqonuniy tartibda ishdan bo‘shatilgan fuqarolar o‘z vazifalariga tiklanishi ta’minlandi
Inson huquqlari – har bir alohida shaxsning qadr-qimmati va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlaydigan qoidalar majmuasidir. Ular huquqiy davlat konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etib, shaxsning huquqiy maqomi asosini va asosiy huquqlarini mujassamlashtiradi.
Jumladan, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroga yetkazilgan ma’naviy zararning o‘rnini pul shaklida qoplash, huquqlarni himoya qilishning eng muhim fuqarolik-huquqiy vositasi hisoblanadi, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash borasida Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan ham maqsadli choralar amalga oshirilmoqda.
Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida o‘tgan 11 oyi davomida, jami 76 ta ijro hujjati yuzasidan yuritilgan ijro ishlari tamomlangan.
Jumladan, jami 788,9 mln. so‘mlik 34 ta ijro hujjati yuzasidan yuritilgan ijro ishlari tamomlangan bo‘lib, buning 522,2 mln. so‘mlik 24 tasining ijrosi amalda ta’minlangan, ya’ni sud qarori asosida ish haqi undirilishi ta’minlangan.
Jumladan, Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasidan 302 mln. so‘m, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan 44,5 mln. so‘m, Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan 35,5 mln. so‘m o‘z vaqtida to‘lanmagan  ish haqi qarzdorliklari undirilishi ta’minlangan.
Hozirda, MIB Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan bunday ishlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat