Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq ushlangan “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev va “Saidaziz medgorodok” - Saidaziz Saidaliyev hamda boshqalarning chiqarib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz'ning IIBBdagi manbasi bu xabarlarni rad etdi va haqiqatdan uzoq ekanligini bildirdi.
Uning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda aytilgan shaxslar qo‘yib yuborilmagan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda, ularga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmagan.
- 2 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan «ko‘cha bollari» va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgani qayd etilgan.
- Ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangan.
- Huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga olgan. Bundan tashqari, o‘ta yirik miqdordagi tovlamachilikda gumon qilingan yana ikki shaxs qo‘lga olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi