153
Namanganda Mercedes-Benz haydovchisi Instagram’da jonli efir vaqtida 6 ta qoidabuzarlik sodir etdi
Namangan shahar Islom Karimov ko‘chasida 1-yanvar kechasi bir qator qoidabuzarliklarni sodir etgan Mercedes-Benz haydovchisiga chora ko‘rildi, deb xabar beradi IIV YHXX axborot xizmati.
Instagram’dagi profil egasi Mercedes-Benz rusumli avtomobilni Namangan shahri ko‘chasi bo‘ylab boshqarib, buni sahifasida jonli yoritib borgan. U avtomobilni boshqarib borarkan, qatorasiga bir nechta yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Xususan:
- tusi o‘zgartirilgan transport vositasidan foydalanib, Yo‘l harakati qoidalarining 7.4-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi;
- harakat vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanib, Yo‘l harakati qoidalarining 12-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-1-moddasi;
- svetoforning qizil ishorasiga bo‘ysunmay, Yo‘l harakati qoidalarining 31-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4-moddasi;
- yo‘l harakati qoidalarining 11-bandini buzib, avariya holatini keltirib chiqargani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi;
- yo‘l harakati qoidalarining 179-bandini buzib, avtomobil davlat raqami belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib olgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi;
- tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarib, Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandini buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
“Mashinani haydash uchun egasidan vaqtinchalik so‘rab turganmiz. Shu sababli mashinada ozgina sinov o‘tkazdik, bu o‘zimga va yon atrofimdagilarga juda xavfli narsa ekan. Yetarlicha xulosa chiqardim, O‘zbekiston va Namangan xalqidan uzr so‘rayman”, — deydi 20 yoshli haydovchi.
Qoidabuzar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz avtomobili jarima maydoniga joylashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi