17:55 / 03.01.2024
342

Surxondaryoda qadimiy tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Surxondaryoda qadimiy tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani noqonuniy ravishda sotayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqarolar J.A. va A.J. o‘zaro til biriktirib, XIX asr oxiriga oid madaniy boylikka taalluqli hisoblangan “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, vazni 61,69 gramm bo‘lgan qadimiy oltin tangani fuqaro A.Y.ga 100 ming dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat