
3 yanvar kuni Toshkent shahrida havo ifloslanishi yana yuqori darajaga chiqdi.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, tongi soat 8:00 holatiga poytaxt havosi tarkibidagi PM2,5 mayda dispersli zarralar 1 metr kub havoda 67,5 mikrogrammga yetgan. Bu – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan (5 mkg/m3) 19 barobarga ko‘pdir.
Shunga ko‘ra, IQAir portali 3 yanvar tongida Toshkent havosining sifat ko‘rsatkichini “xavfli” toifaga kiritgan edi.
Oqshomga yaqin havo ifloslanishi yanada ortib, soat 18:00 holatiga “juda xavfli” toifasiga o‘tdi: 1 metr kub havo tarkibidagi PM2,5 konsentratsiyasi 173 mikrogrammga yetdi. Bu – JSST tavsiya qilgan me’yoriy ko‘rsatkichdan 35 barobarga yuqori.
Ushbu natija bilan Toshkent shahri 3 yanvar oqshomida dunyo shaharlari orasida havo ifloslanishi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi.
Soat 20:50 holatiga PM2,5 zarralari 104 mkg/m3 darajada – “xavfli” toifada qolmoqda.
Toshkent ShahriHavo IfloslanishiPM2ZarralariXavfli ToifaOqshomda IfloslanishJahon Sog‘liq Tashkiloti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing