17:28 / 06.01.2024
230

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi
Foto: thenextweb.com
Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida Toshkentga ikkita vodorod avtobusi (vodorobus) keltiriladi. Bu haqda Gazeta.uz ma’lum qildi.
 
Shavkat Mirziyoyev noyabr oyi oxirida Toshkent viloyatida «yashil vodorod»ni «pilot» tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlab bergandi.
 
Ushbu «pilot» loyiha doirasida mamlakatda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral o‘g‘itlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi.
 
2022 yil iyun oyida O‘zbekiston ammiak va vodorodli yonilg‘i elementlaridan foydalangan holda vodorod gazida harakatlanuvchi transport vositasining tajriba namunasini ishlab chiqishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat