© Farg‘ona viloyati hokimligi
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘ona viloyatidagi 60 nafar ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kuvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tizimiga kiruvchi klinikalarda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin shifokorlar va tibbiyot xodimlaridan iborat guruh Farg‘onada tibbiyot sohasida yirik investitsion loyihani amalga oshirmoqda.
© Farg‘ona viloyati hokimligi
Ular viloyatdagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab bolalar kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazishni boshladi.
“16 yanvarga qadar viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida quvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, intervension kardiologik amaliyotlar bepul o‘tkazilishi belgilangan”, — deyiladi xabarda.
© Farg‘ona viloyati hokimligi
Ushbu bemor bolalar 2023 yil iyul oyida kuvaytlik shifokorlar tomonidan viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida saralab olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin