11:50 / 09.01.2024
326

1 martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi

1 martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi

Prezident farmoniga ko‘ra, 3 ta litsenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkaziladi. Turagentlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.

“Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, farmon bilan 2024 yil 1 martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda. 

Jumladan:

– 7 turdagi ruxsat beruvchi hujjat to‘liq bekor qilinadi, masalan, bojxona tashuvchilari reyestriga kirishda yuklarni tashish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi;

– 6 turdagi ruxsat beruvchi hujjat birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;

- eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma hamda maxsus tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya birlashtirilmoqda;

– 3 ta litsenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkaziladi, masalan, endilikda turagentlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, litsenziya yoki ruxsatnomani berishda talabgorlarni video-aloqa yordamida masofadan turib baholashga ruxsat etilmoqda.

Chiqish turizmini amalga oshirishda 15 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslarga tegishli transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylarini ixtiyoriy ravishda tanlash mumkin (bugunga qadar texnik ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan joylarda o‘tkazilayotgan edi).

Farmon qabul qilinishi natijasida tadbirkorlarning qariyb 350 mlrd so‘mlik xarajatlari tejaladi, deyiladi vazirlik maʼlumotida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat