Foto: IIV YHXX axborot xizmati
Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 225-kilometrida Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Chasman rusumli yuk avtomobili haydovchisi 36 yoshli N. tezlikni oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib ag‘darilgan. YTH natijasida transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida haydovchi N. va yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin