18:39 / 11.01.2024
288

Ozodbek Nazarbekov yana bir mukofotga loyiq ko‘rildi

Ozodbek Nazarbekov yana bir mukofotga loyiq ko‘rildi

Foto: Telegram / Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yana bir mukofotga loyiq ko‘rildi. Bu haqda vazir o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur markaz butun dunyoda globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchayib borayotgan bir sharoitda xalq diplomatiyasi xalqaro munosabatlarning asosiy elementlariga aylanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Shuningdek, markazning jamoat tashkilotlari va birlashmalari faoliyati, qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, ijtimoiy-siyosiy aksiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlarning hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslari SHHTga a’zo davlatlar va ularning xalqlarining yanada yaqinlashishiga, o‘zaro ishonch va yaqin qo‘shnichilik rishtalari mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Muvaffaqiyat-u muhokamalar, mukofot-u tanqidlarga boy bo‘lgan eski yilni mamnuniyat bilan kuzatib, yangi yilni yangi kuch, yangi g‘oyalar bilan boshlagandik.

Ammo yil boshidan e’tirof etilish kutilmagan bo‘ldi: O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandik.

Markazning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, kutilmagan e’tirof  va e’tibor uchun tashakkur deymiz”, — deydi vazir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozodbek Nazarbekov yana bir mukofotga loyiq ko‘rildi