date
views 164

Samarqand va Toshkent viloyatlarida “valyutchik”lar ushlandi

Samarqand va Toshkent viloyatlarida “valyutchik”lar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.S. 3 000 AQSH dollarini fuqaro E.M.ga 37,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv davomida uning yonidan yana 1 304 AQSH dollari, 100 yevro va 70 ming Qozog‘iston tengesi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.O. 3 200 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand va Toshkent viloyatlarida “valyutchik”lar ushlandi