19:19 / 12.01.2024
558

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Ertaga O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi, yakshanba kuni esa antisiklon kirib kelishi kutilmoqda, ushbu antisiklon asosan O‘zbekistonning shimoliy hududlariga ta’sir etadi. Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Dam olishi kunlari harorat kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ertaga shimolda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, yakshanaba kuni kechasi va kunduzi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi.

Shu kunlarda tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 13 yanvarda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi, shamol o‘rtacha tezlikda esadi, 13 yanvarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 5-7 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat