14:27 / 13.01.2024
656

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 15 darajagacha soviydi

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 15 darajagacha soviydi

“O‘zgidromet” 15—17 yanvar kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 16-yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17-yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16—17-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—16-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 15-yanvarda 0-5 daraja iliq, 16-yanvarda 5-10 daraja iliq, 17-yanvarda 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 15-yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 16-yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17-yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 16-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 17-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16—17-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—16-yanvarda ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 16-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 17-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 17-yanvarda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15—16-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 17-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq, 16—17-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat