17:10 / 13.01.2024
202

Qarzdorlik uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda

Qarzdorlik uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda
Prezident «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

2024 yil 1 maydan boshlab:

fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda. Bunda:

- daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha pul mablag‘larini undirishda qo‘llaniladi va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga mos keladi;
- fuqarolarning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanadi.

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish tartibi joriy etilmoqda. Bunda:

- iqtisodiy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari faqat elektron shaklda beriladi;
- boshqa sudlar ishi bo‘yicha – qoida tariqasida elektron shaklda;
- sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari QR-kod bilan tasdiqlanadi va ERI bilan rasmiylashtiriladi;
- yuridik shaxslar tomonidan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ularning soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali olinadi va taqdim etiladi;
- jismoniy shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki interaktiv xizmatlarni ko‘rsatadigan terminallar orqali ijro hujjatlarini olish va taqdim qilishlari mumkin.

2024 yil 1 apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat