Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 20.01.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi B.Ibraimovaning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor R.Utarbayevning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 421-moddasiga asosan, qarzdor R.Utarbayevning O‘zbekiston Respublikadan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan 20.07.2023 yili cheklov o‘rnatilgan.
Shuning oqibatida qarzdor joriy yilning oktyabr oyida Byuroning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limiga kelib, O‘zbekiston Respublikadan tashqariga chiqishga zarurati borligini bildirgan.
Shunda, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabr kungi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shunda qarzdor ota Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudiga ariza bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabr kungi 808-sonli qarori asosan o‘zi tomonidan kelgusida to‘lanishi lozim bo‘lgan 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan.
Shu munosabat bilan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudi tomonidan 20.12.2023 yili qarzdor otaga 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lashga ruxsat berilgan va qarzdor tomonidan jami 110 mln. 506 ming so‘m aliment pullari to‘lab berilgan va Byuroning Qo‘ng‘irot bo‘limi tomonidan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga nisbatan cheklov vaqtinchalik bekor qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring