Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi xodimlari Fransiya Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish milliy agentligi (AFPA) xalqaro munosabatlar bo‘yicha direktori Kasim Buxu bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kasim Buxu AFPA O‘zbekiston tomoni bilan yoshlarni kerakli kasb-hunarga va xorijiy tillarga maqsadli tayyorlash sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularni O‘zbekiston tomoni bilan muhokama qilish to‘g‘risida kelishib olindi.
Fransiya Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish milliy agentligi 1949 yilda tashkil etilgan. AFPA xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatishga ixtisoslashgan yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Agentlik mamlakat iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yoshlarni 300 dan ortiq zamonaviy kasblarga o‘qitadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring