12:53 / 26.01.2024
211

O‘zbekistonda 27 yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 27 yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” 27 yanvar, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat