10:38 / 28.01.2024
230

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video olgan vaynerlarga sud hukmi o‘qildi

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video olgan vaynerlarga sud hukmi o‘qildi
Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video suratga olib, uni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan Shokir va Ravshan ismli vaynerlarga sud hukmi o‘qildi.

Oliy sudning xabar berishicha, 2024 yil 27 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Sh. O. (1991 yilda Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan) va R. A. (1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagan) oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, sudning qarori e’lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov tomonidan chiqarilgan sud qaroriga muvofiq Sh. O. va R. A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish), 189-2-moddasi (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ular suratga olgan videoda ayolni eri urgani uchun otasinikiga ketib qolgani, otasidan kuyovi bilan gaplashib qo‘yishni so‘raganida esa ota qizini uyiga qaytarib yuborgani aks ettirilgan.

Biz uch-to‘rt kun avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifamizga ayol har qanday holatda eriga itoat qilishi kerak, degan mazmundagi videoni joylashtirgan edik. Ushbu videomizda ko‘rsatilgan holat O‘zbekiston gender tengligi to‘g‘risidagi qonunga zid ekan. Shuning uchun ushbu video internet foydalanuvchilari tomonidan salbiy izohlarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan uzr so‘raymiz va kelajakda bunday video olmaslikka so‘z beramiz”, — deya uzr so‘ragan edi vaynerlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat