1 417
Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, “narkoman” artistlar va 15 ming yevroga to‘yga borgan paytlari haqida gapirdi
Foto: Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova huquqshunos va aktyor Otabek Mahkamovga bergan intervyusida xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati hamda chet davlatlarda yashagan davrlari haqida so‘zlab berdi.
— Gollandiyada yashagan vaqtimda ingliz tilini o‘rganganman. Chunki o‘shanda umuman til bilmasdim. Juda ko‘p hujjatlarga tushunmay imzo qo‘yganman. Keyin bilsam, u qo‘shiqlarimning mualliflik huquqi haqida ekan. Juda ko‘p qo‘shiqlarim Gollandiyadan Turkiyaga sotildi shuning orqasidan. Men hujjatga tushunmay qo‘l qo‘yganim uchun haqqimni talab qila olmadim. O‘zbekistonda vaziyat og‘ir bo‘lgani uchun bu yerga ham qayta olmasdim. Shu vaziyat sabab bo‘lib ingliz tilini o‘rganganman, — deydi Yulduz Usmonova.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti yoshlar nechta tilni bilishi kerakligi haqida ham gapirdi.
— Tilni yaxshi bilmaganim uchun o‘zimning zararimga ishlaydigan hujjat imzolab qo‘yganman. O‘zbekistonda o‘zbek tilida gaplashishimiz kerak, lekin bu biz boshqa tillarni o‘rganmasligimiz kerak, degani emas. Men o‘shanda Gollandiyada ozgina yashab, O‘zbekistonga kelganimdan keyin menga davlat tomonidan yashashga ruxsatnoma berishgan. Menejerim u hujjatni menga keyin ko‘rsatgan. Keyin men shuncha konsertlarni tashlab kelganim uchun 100 ming yevrodan ko‘proq jarima to‘laganman. Nima demoqchiman, til bilish shart. Rus tili, ingliz tili, turk tilini bilish shart. O‘zbek tili ona tilimiz. Hozir hamma yoshlar shu to‘rtta tilni bilishlari shart. Nevaralarim bilan har zamonda inglizcha gaplashib qolaman. Ular bir nechta tilni yaxshi bilishadi, — deydi san’atkor.
Yulduz Usmonova musofirlik damlari haqida gapirib, Turkiyada qiyin kunlarni boshdan kechirganini aytib o‘tdi.
— Turk millatini yaxshi tushunish uchun tilini o‘rgandim. Ularning fikrlashini, mantig‘ini o‘rganganman. Er-xotin o‘sha yerda musofirchilikni ko‘rdik, qiyinchilik ko‘rdik. O‘zimni to‘yga urib yubormadim. Ishladim, bir-ikki so‘m topsak, albomga, ijodimga tikdim. O‘shanda O‘zbekistonga to‘ylarga kelishimni 15 ming yevro qilib qo‘yganman. Rizqimni Alloh yetkazdi. O‘zimizning to‘ylarga chet ellik xonandalardek kelib-ketardim. Turkiyada sekin-asta ijod qilib, konsert qilish payida yurdim. Turklar chipta sotib olib, xonandaning konsertiga kirmaydi. Bunaqa madaniyat o‘lib ketgan ularda. Turkiyada konsertlarni hokimiyat uyushtirib, xonandaning gonorarini prodyuserga berishadi. Men prodyuserning qo‘g‘irchog‘i bo‘lib qolishni istamadim, bu narsa menga yoqmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi