Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi davlat tashkiloti rahbarlariga murojaat qilib, muammosi yechimini kutayotgan fuqaro murojaatlari bilan shaxsan rahbarlarning o‘zi shug‘ullanishi kerakligini, murojaatchi shikoyatiga yechim topilmasa, rahbarlarni shu sabab ishdan olishini aytdi.
"Murojaat uchun ishdan olib tashlayman. Vallamating bo‘lsa ham, bunaqa tajribang menga ko‘rinmaydi. Birorta murojaat e’tibordan chetda qoladigan bo‘lsa, muddati buzilgan bo‘lsa, fuqaro undan norozi bo‘lsa, yoki uni borib ko‘rdi-yu, hal qilmagan bo‘lsa, masalan Ohangaron shahrida muammoni borib o‘rgangan, fuqaroning moddiy holati yaxshi bo‘lgani uchun murojaatini rad qilgan. Ammo murojaatchiga bu haqda aytmagan. Murojaatchi esa bizga 'kelib rasmga tushirishdi, lekin hech qanday javob bermadi' deyapti.
Lozim topilmagan bo‘lsa, buni murojaatchiga aytib, tushuntirish kerak-da. Qabulda har xil narsalar bo‘ldi. Kimdir qizining sarposiga ham pul so‘raydi. O‘rganish kerak bunaqa holatlarda. Kimningdir yeydigan ovqati bo‘lmagan paytda men sarpoga pul berib tursam, bu tepaga ham, pastga ham, qonunga ham, Yaratganning o‘ziga ham ma’qul kelmaydi. Joyida aytish kerak, moddiy yordamga muhtoj bo‘lmasa, biz sizga berolmaymiz deb", — dedi hokim.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Viloyat hokimligi axborot xizmatining bildirishicha, Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 126 nafar fuqaroning 200 dan ortiq murojaati o‘rganilib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli boshqarma, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
"Mazkur murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash kabi masalalarga oid bo‘lib, ko‘pchiligi joyida yechimini topdi. Bu kabi sayyor qabullar kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham davom etadi", — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi