12:56 / 03.02.2024
184

Navoiyda “dom”ga o‘rnatilayotgan shaxsiy lift buzib tashlanadigan bo‘ldi

Navoiyda “dom”ga o‘rnatilayotgan shaxsiy lift buzib tashlanadigan bo‘ldi
Foto: Kun.uz
Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida mulkdor o‘zi uchun lift o‘rnatayotganlik holati Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 29 yanvar kuni o‘rganilgan. Bu haqda Qurilish vazirligi rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishda Navoiy shahri Navoiy ko‘chasidagi 30 D uyning 10-qavati (pentxaus)da joylashgan 2 ta 46 va 47-xonadonlarni xarid qilgan mulkdor binoning tashqi yon fasad qismidan faqatgina o‘zi foydalanishi uchun lift qurilmasi o‘rnatayotganligi aniqlangan. Mulkdor inspeksiyaning lift qurilmasini o‘rnatish yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar bo‘yicha so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan imzolangan taklif loyihasini taqdim etgan.

Mulkdorga ko‘p kvartirali uyning umumiy mulkidan foydalanish qoidalari, bunda aholi oldiga qo‘yiladigan talablar tushuntirilgan va o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda majburiy ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, holat yuzasidan 2024 yil 1 fevral kuni Navoiy shahar prokuraturasiga tegishli hujjatlar taqdim qilingan.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir. Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli hisoblanadi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat