13:37 / 03.02.2024
248

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
“O‘zgidromet” 5-7 fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 7 fevralda kechasi 3 daraja sovuq— 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 7 fevralda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 6-7 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 5 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 6-7 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat