Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qaror bilan O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini, Umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”dagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yish rasmiy marosimini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni, umumxalq va kasb bayramlari, shuningdek, muhim sanalarni, xalqaro kunlarni nishonlashning namunaviy reglamentlarini tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Konsepsiyada qayd etilishicha, barcha darajadagi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga milliy tarix va qadriyatlarni anglash, vatanga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarga oid mafkuraviy mavzular kiritiladi. Ta’lim oluvchilar va boshqa aholi qatlami uchun bayramlar haqida turli qiziqarli ma’lumot beruvchi interfaol o‘quv resurslari, jumladan, multimedia taqdimotlari, hujjatli filmlar va mafkuraviy mavzular bilan bog‘liq virtual ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan raqamli platforma ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, aholining turli qatlamlari o‘rtasida bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish maqsadida madaniy va milliy an’analarni ifodalash, bayramona va quvnoq muhit yaratish, shu bilan birga hududlarga tashrif buyuruvchilarni jalb qilish orqali mahalliy turizmga hissa qo‘shishni nazarda tutuvchi bayramlar uchun ramziy ko‘chalar tashkil qilinadi.
Konsepsiyada bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish maqsadida yoshlar va aholi o‘rtasida turli tadbir va tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy bellashuvlar, olimpiadalar o‘tkazish, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlarida bayram burchaklari tashkil, respublika hududida foydalaniladigan mobil telefonlar, planshet va boshqa aloqa qurilmalaridagi kalendarlarda bayram sanalariga oid ma’lumot avtomatik o‘rnatilishi imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilmoqda.
Qaror muhokamasi 16 fevralga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi