08:13 / 07.02.2024
111

Samarqandda universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati
Samarqandda universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish va esdalik nishoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Sport boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.K. fuqaro Sh.R.ga “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishoni olib berishni va’da qiladi.

Shuningdek, ushbu shaxs fuqaro N.B.ni tanishlari yordamida Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat