14:50 / 08.02.2024
378

Telekanal bosh muharrir o‘rinbosari o‘z xodimiga tegajog‘lik qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi

Telekanal bosh muharrir o‘rinbosari o‘z xodimiga tegajog‘lik qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi
MTRK tarkibidagi telekanallardan biriga rahbarlik qilib kelgan mas’ul shaxs qo‘l ostidagi xodimiga tegajog‘lik qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qaror nusxasi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi A.Mirzaxanovning qarorida keltirilishicha, TV'da bosh muharrir o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Sh.H. 27 yanvar kuni telekanalda ishlovchi xodima ayolni aldab, ish joyiga chaqirib, unga shilqimlik qilgan.

Jabrlanuvchining bildirishicha, sudlanuvchi uning ustozi bo‘lgan. O‘sha kuni erkak ayolni burchakka taqab, o‘pmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, ayol IIBga murojaat qilgan.

Ayol bosh muharrir o‘rinbosarining bunday xatti-harakatlari anchadan buyon bo‘lib kelayotganligini, bu holatdan so‘ng asabiylashib qolganligini bildirib, suddan erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘rishni, unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.

Sudda erkak yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qilmishlariga iqror ekanligini, hozirda bundan pushaymonligini bildirgan.

Sud qarori bilan TV mas’uli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat