date
views 111

Ko‘ksaroyda Lukashenkoni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi

Ko‘ksaroyda Lukashenkoni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘ksaroy qarorgohida Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.



Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.



Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘ksaroyda Lukashenkoni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi