Foto: Madina Nurman
Qashqadaryodagi maktabda o‘qituvchilar janjali oqibatida ulardan biri hushini yo‘qotib, shifoxonaga olib ketildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, videotasvirlarda Ko‘kdala tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 89-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari A.S. va ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Oqibatda ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M. hushidan ketib yiqilgan.
“Sobiq o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Azizova Sayyora 2023 yil 14 noyabrda o‘z arizasiga asosan ishdan bo‘shatilgan. 2024 yil 31 yanvarda Chiroqchi tumanlararo sudi qaroriga asosan Azizova Sayyora vazifasiga qayta tiklangan. Ammo maktab direktorining buyrug‘i chiqmagan bo‘lsa-da, maktab faoliyatiga aralashib kelgan. Kelishmovchilik oqibatida ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M. hushidan ketib yiqilgan. Maktab ma’muriyati tomonidan zaruriy yordam ko‘rsatilgan va B.M. turmush o‘rtog‘i, o‘qituvchilar yordamida shaxsiy avtomobili bilan Qarshi shahriga tez yordamga olib ketilgan”, — dedi Ko‘kdala tumani 89-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Kamol Turdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda