
Foto: Videodan kadr
Farg‘ona viloyatida 23 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 7 milliard 315 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 1–8 fevral kunlari «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan DXX, Bosh prokuratura va IIB hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga 7,3 milliard so‘m zarar keltirilgan.
Misol uchun, Farg‘ona shahri va Furqat tumanida istiqomat qiluvchi besh nafar fuqaro tomonidan o‘z yashash xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarni elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab olishlari natijasida davlat manfaatlariga jami 7 milliard 14 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar