O‘zbekistonda havo harorati sovuq darajaga tushishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevral kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17–18 fevral kunlarida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetadi, ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
18–19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...–3 darajagacha pasayadi. Shimolda 17–19 fevral kunlari harorat kechalari –13...–16 daraja, kunduz kunlari –5...–8 daraja bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda