
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.E.” MCHJ mas’ul shaxslarining noqonuniy ishlari aniqlangan.
Jumladan, “B.E.” MCHJ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilib, MCHJning eksport mahsulotlarini tashishda transport xizmatlarini mahalliy transport korxonalari ko‘rsatgan bo‘lsa-da, “E.I.” xorijiy korxonasi bilan transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzishga erishgan.
So‘ng ushbu korxonaga 755 ming dollar o‘tkazib, pulni chetga noqonuniy olib chiqqan. Shuningdek xalqaro transport yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan jami 3,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘larini olishga erishib, pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar