Toshkentda 2024 yil yanvar oyida ta’mirlanmagan xonadonlarning ijara narxlarida tushish kuzatildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil yanvar oyida 2023 yil dekabr oyiga nisbatan Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxida o‘rtacha 0,2 foizga tushish hamda to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxida 0,5 foizga o‘sish kuzatilgan.
O‘rtacha ta’mirlangan sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari 2023 yilning dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha 1,2 foizga pasayib, 395 dollarni, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2 foizga arzonlab (442 dollar) tashkil etgan, lekin ushbu turkumdagi 3 xonali uylarning ijara narxi 0,1 foizga (516 dollar) hamda 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari 0,4 foizga (597 dollar) oshgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil noyabr oyidan buyon 2024 yil yanvar oyigacha o‘rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,5 foiz (401 dollardan 395 dollarga) va 2,2 foizga (452 dollardan 442 dollarga) tushib kelmoqda.
Yanvar oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0,16 dollarga qimmatlab 477 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2 xonali uylar uchun 0,2 dollarga (654 dollar), 3 xonali uylar uchun 1 foiz (791 dollar) hamda 4 xonali uylar uchun 0,6 foiz (915 dollar) ni tashkil etgan.
Avvalroq O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 2023 yilda 5,7 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan — bu o‘tgan yilgi 257 mingta shartnomalarning umumiy ko‘rsatkichlaridan ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi