“O‘zgidromet” 19—21 fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19—20 fevralda 11-16 daraja sovuq, 21 fevralda 7-12 daraja sovuq, kunduzi 19 fevralda 0-5 daraja sovuq, 20—21 fevralda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi; Ustyurtda kechasi 19—20 fevralda 15-20 daraja sovuq, 21 fevralda 10-15 daraja sovuq, kunduzi 19 fevralda 3-8 daraja sovuq, 20—21 fevralda 0-5 daraja sovuqqacha tushadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19—20 fevral kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19—20 fevralda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 21 fevralda 1-6 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 19 fevralda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 20—21 fevralda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 20 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda bir oz qor yog‘ishi mumkin, 21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. 19—20 fevralda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19 fevralda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 20—21 fevralda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 20—21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19—20 fevral kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 19 fevralda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 20—21 fevralda 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 20—21 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 19—20 fevral kunlari yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 19 fevralda 0-5 daraja iliq; 20—21 fevralda 5-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 19 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 20 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 21 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi