
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Farg‘ona shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini noqonuniy o‘rnatgan xonadon aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi, viloyat prokuraturasi, IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “Yoshlar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.I. o‘z uyida 36 to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 208,2 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar