
Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bojxona posti orqali qurol va o‘q dorilarni yashirincha olib o‘tishga uringanlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Rossiyadan Lada Largus rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari va bagaji bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida uning qora rangli sumkasi ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 1 dona 4,5 millimetrli “Stalker” nomli pnevmatik to‘pponcha, 25 dona pnevmatik pistolet gaz ballonlari hamda 1482 dona pnevmatik to‘pponcha o‘qlari borligi aniqlangan.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi
Xuddi shunday yana bir holatda “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Lacetti rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilganida 1 dona 9 mmli “Ansar BRT” nomli shovqinli to‘pponcha hamda 36 dona 9 mmli “R.A.K” nomli rezina uchli patronlarni Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga olib o‘tayotgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtirish ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar