189
Advokat prokurorning so‘zlariga e’tiroz bildirdi: “Kariyev pushaymonlik xati yozmagan, uning aybi yo‘q”
Advokat Temur Rahmatov.
Foto: “Daryo”
“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudning navbatdagi majlisida Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.Kariyevning advokati Temur Rahmatov prokurorning muzokara so‘zidagi ma’lumotga replika (sud jarayonida biror tomonning qarshilik, norozilik bildirishi) qildi.
"Prokuror muzokara so‘zida Kariyevning aybi — uning pushaymonlik xati, arizasi va sudda keltirilgan dalillar orqali o‘z isbotini topdi dedi. Biroq Kariyev hech qachon pushaymonlik xati yozmaganini eslatib o‘tmoqchiman. Kariyev “Dok-1 Maks” sudida sirop bo‘yicha hech qanday aybi yo‘qligi uchun pushaymonlik xati yozmagan. Faqat bitta ariza yozgan", — dedi advokat Rahmatov.
Foto: “Daryo”
Sudya advokatga “Aynan qaysi arizani nazarda tutyapsiz? Jabrlanuvchilarga yordam bermoqchi ekani haqidagi arizanimi?”, deya savol berdi. Advokat “Ha, Kariyevning o‘zi ham ota bo‘lgani uchun, uch nafar farzandi borligi uchun jabrlanuvchilarga chin dildan yordam bermoqchi edi, biroq bu noto‘g‘ri talqin qilindi”, deya javob qaytardi.
Foto: “Daryo”
Sud ayni paytda sudlanuvchilarga so‘z berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi