223
Umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar faoliyatini to‘xtatib turish haqidagi xatga munosabat bildirildi
Transport prokuraturasi turizm faoliyatini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi bir nechta tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatishni so‘rab Turizm qo‘mitasiga xat yo‘llagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qo‘mita mazkur holatga munosabat bildirib, turistik korxonalar tahlil qilinganini bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur xat xususiy aviakompaniya parvozlarining kechikishi natijasida umra tadbirlari vaqtida moddiy va ma’naviy jabr ko‘rgan fuqarolardan olingan ma’lumotlar asosida yuborilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur murojaat xatida keltirilgan dastlabki turistik korxonalar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan Transport prokuraturasiga mutaxassis ajratilgan.
Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratilib, hukumat tomonidan katta imkoniyatlar berib kelinmoqda. Shu bois, amaldagi qonunchilikka asosan faoliyat olib borayotgan turistik korxonalarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, Transport prokuraturasi bilan birgalikda jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan turistik korxonalarning identifikatsiya raqamiga (STIR) aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.
“Holat yuzasidan aloqador bo‘lgan turistik korxonalarning identifikatsiya raqamlarini (STIR) aniqlash ishlari yakunlanganidan so‘ng jinoyat ishi ochilgan korxonalarning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib turilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Panorama Airways tomonidan parvozlarning kechikishi tufayli O‘zbekiston fuqarolari umra safaridan qayta olmayotgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi