Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan:
- baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchilarning huquq va majburiyatlari;
- sport-ishqibozlik turidagi va sanoat usulida baliq ovlash;
- noqonuniy baliq ovlash oqibatida yetkazilgan zararlarni hisoblash;
- noqonuniy baliq ovlash holatlarini aniqlagan baliqchilik xo‘jaliklari hamda vakolatli shaxsga pul mukofoti berish tartibi va boshqa qoidalar belgilanmoqda.
Quyidagi muddatlarda baliq ovlash taqiqlanadi:
- 11 martdan 31 mayga qadar – Amudaryo va Sirdaryoda;
- 26 apreldan 10 iyunga qadar – Qoraqalpog‘istondagi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida;
- 16 apreldan 31 mayga qadar – boshqa suv havzalarida.
Sportchi-ishqibozlarga sutkasiga 5 kg dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda baliq (yoki belgilangan vazndan oshganda 1 ta baliq) ovlashga ruxsat beriladi. Boshqa hollarda suv havzalariga biriktirilgan subyektlar bilan kelishilgan holda yoki to‘lov asosida baliqchilik xo‘jaliklarining yo‘nalishlari bo‘yicha baliq ovlashga ruxsat beriladi.
Baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan noqonuniy baliq ovlash faktlarini aniqlaganda, undirilgan zarar miqdorining 15 foizi xo‘jalikning hisobiga yo‘naltiriladi.
Noqonuniy baliq ovlashni bevosita aniqlagan va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan vakolatli shaxs yetkazilgan zarar miqdorining 15 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi