229
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Ichki ishlar vazirining “Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 58-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasi topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihada ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 58-bandi ikkinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.
Xususan, mazkur yo‘riqnomaning 58-bandi ikkinchi xatboshisida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Loyihada aytilishicha, u haydovchilarga yanada qulaylik yaratishga, jumladan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berishda qonuniylikka xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi