date
views 231

O‘zbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga taklif etilmoqda

O‘zbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga taklif etilmoqda
Ingliz tilini biladigan o‘zbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar tibbiyot texnikumi (yoki oliy hamshiralik ishi) talabasi yoki bitiruvchisi bo‘lishi, IELTS 7 yoki OET 3,5 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi hamda sudlanmagan bo‘lishi lozim.

Ish haqi 3 ming dollardan boshlanadi, oilani olib ketish imkoniyati ham bor.

Qayd etilishicha, loyiha Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, nomzodlar uchun mehnat sharoitlari (nafaqa, sug‘urta, ta’til, bepul tibbiy xizmat) Britaniya mahalliy hamshiralari bilan bir xil.

Samarqand shahrida joylashgan MEDECON universitetida ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga OET, CBT va OSCE maxsus kurslari tashkil etilgan.

OET imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon, viza, sug‘urta, aviachipta va Buyuk Britaniyada yashash joyi (dastlabki 2 oy uchun) xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga taklif etilmoqda