26 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi.
Qayd qilinishicha, mudofaa vazirining qo‘yilgan vazifalar bajarilishi va qo‘shinlarning jangovar shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, serjantlar korpusining faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hisoboti tinglandi.
Qayd qilinishicha, qisqa vaqt ichida qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish va harbiy xizmatchilarni tayyorlash, harbiy qismlar va bo‘linmalarda harbiy intizomni mustahkamlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.
Qo‘shinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda aloqa tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qayd etilgan.
Qurolli Kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy-texnik vositalar bilan ta’minlash hamda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda davlat rahbari tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi