
“O‘zgidromet” 28 fevral, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, bir oz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda bir oz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 7-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar