Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchi qizni ayovsiz kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.
Unda dars o‘tib turgan xodim dastlab bolaning boshiga qo‘li va daftari bilan tarsakilar solgan. Keyin esa yonida turgan qizaloqdan savol so‘rab, daftarni ko‘rsatgan va siltab, yuziga urib tashlagan. Shu zaylda 50 soniya davomida qizaloqqa baqirib, uni kaltaklagan. O‘qituvchi 30 soniya dars o‘tib tin olgach, keyin qizchani yana siltay boshlagan.
Mazkur holatga Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi. “Videolavhada aks etgan holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov esa bu maktabda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Tekshiruv doirasida o‘quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)