
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida advokat sudyaga pora berayotganida qo‘lga olingan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo‘yicha ma’lumotlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan 2024 yilning 29 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda advokat Z.Ya. sudyaga pora berayotganda qo‘lga olingan.
Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar