Foto: “Hisor” davlat qo‘riqxonasi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida fuqaro noma’lum yovvoyi hayvon parrandalarini nobud qilganini aytdi. “Hisor” davlat qo‘riqxonasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Qani” qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Z.ning hovlisiga noma’lum yovvoyi hayvon kirib, uy parrandalarini nobud qilgan va tovuqxonaga qamalib qolgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz tuman ekologiya bo‘limi, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi, Shahrisabz tuman FVB xodimlari va Shahrisabz tuman obodonlashtirish bo‘limining maxsus guruhi tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Fuqaro xonadoniga borilganda mazkur yovvoyi hayvon yovvoyi dala mushugi ekani aniqlandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yovvoyi dala mushugi xonadondan olib chiqilib, xavfsizlik ta’minlandi hamda vaqtinchalik saqlash uchun Shahrisabz tuman obodonlashtirish bo‘limining maxsus xonasiga joylashtirildi. Hozirda yoyovoyi dala mushuginini o‘zi yashaydigan yovvoyi tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi